Afg‘onistonning Nangarhar viloyatida chet el samolyotlari amalga oshirgan aviazarbalar oqibatida sakkiz kishi qurbon bo‘ldi. Zarbalar IShID marralariga berilgan edi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Xaska Mina tumanida o‘tkazilgan bombardimon sakkiz tinch fuqaroning, shu jumladan, bir ayolning o‘limiga, olti ayol va bolalarning yaralanishiga olib keldi”, — deyiladi viloyat rahbarining matbuot xizmat tarqatgan xabarda.
Viloyat ma’muriyatining taxminiga ko‘ra, zarbalarni AQSh samolyotlari amalga oshirgan.
Aviazarba chog‘ida IShIDning 25 jangarisi, jumladan, uch mahalliy yetakchi o‘ldirildi, 15 terrorchi yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)