Yaponiyaning Fukusima-1 atom stansiyasi vayronalarini razvedka qilish yuborilgan kichik hajmli robot suv ostidagi xarobalarni videoga olishga erishdi. Ushbu video tarixdagi eng ulkan yadroviy fojialardan biri yetkazgan zararga boshqacha ko‘z bilan qarashga undaydi, deb xabar beradi “National Geographic Rossiya”.
Little Sunfish (kichik oybaliq) nomini olgan uskuna tarkibida radioaktiv yoqilg‘i borligi gumon qilinayotgan erigan material parchalarini aniqladi.
Yaponiyaning Toshiba kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan 30 santimetrlik robot 180 daraja aylanishi mumkin. Shuningdek, u to‘rt operator tomonidan masofadan boshqarilishi mumkin.
“Kichik oybaliq”ning radioaktiv yoqilg‘ini aniqlash bo‘yicha birinchi urinishlari 19-iyul kuni amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)