Bangkok sudi general Manus Kongpanni muhojirlarga yomon munosabatda bo‘lish va pora olish aybi bilan 27 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
2015-yili janubdagi Songkxla provinsiyasida roxinja xalqiga mansub odamlarning jasadlari ommaviy ko‘mib tashlangan qabrlar topilganidan so‘ng taftish ishlari boshlab yuborilgan edi.
Kontrabandachilar roxinjalarni Myanma va Bangladeshdan Tailandga ko‘chirib kelar edi. Kongpan Tailandga noqonuniy kelgan muhojirlar ekstraditsiyasi uchun javob berardi. Aniqlanishicha, uning topshirig‘i bilan harbiylar muhojirlarni motori, eshkagi va yelkani yo‘q qayiqlarga o‘tqizib yuborgan, buning oqibatida yo‘lovchilarning ko‘pchiligi halok bo‘lgan.
Ushbu ishga aloqadorlikda gumondor 62 kishi sudlandi.
General o‘z aybini inkor qilmoqda va muhojirlarga imkon qadar yordam berganini uqtirmoqda.
Izoh (0)