Toshkentning “Paxtakor” klubi Oliy liganing 2-davrasiga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh murabbiy Shota Arveladze 1993-yildan 1997-yilga qadar Turkiyaning “Trabzonspor” klubi safida to‘p surgan. Murabbiylik sohasida esa 2 yil “Keyserispor”da, 3 yil “Qosimposhsho”da va bir yilga yaqin “Trabzonspor”da ishlagan.
“Paxtakor” Turkiya yig‘inida 10 kun davomida bo‘ladi. Jamoa Izmir shahridan ikki soatlik yo‘lda joylashgan Green Park mehmonxonasidan qo‘nim topib ulgurgan. Turkiyada qanday o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi borasida aniq ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)