• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    20-iyul kuni Inha universitetining shaffof imtihonlariga start berildi

    Bugun 20-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga (IUT) 2017—2018-yillar o‘quv yili uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Avvalroq, xabar berilganidek Inha universitetiga bu yil kirish imtihonlari jarayonlarini bevosita kuzatishlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi va ular uchun to‘liq imkoniyat yaratildi. Bu esa o‘tkazilayotgan imtihonlarning shaffofligi hamda ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    IUT’ga hujjatlarni qabul qilish 2017-yilning 17-aprelidan 10-iyuliga qadar davom etdi. Abituriyentlar hujjatlarni onlayn rejimda yoki universitet binosiga kelib topshirishlari mumkin edi.

    Yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida IUT abituriyentlardan hujjat qabul qilishning yangi onlayn tizimini ishlab chiqdi. Mazkur tizim viloyatlardagi abituriyentlarga Toshkentga kelib o‘tirmasdan, hujjat topshirish imkonini yaratdi. Bundan tashqari abituriyentlar SMS-xabarnoma orqali qabul jarayonidagi barcha yangiliklardan boxabar bo‘lib turishdi.

    Mazkur vaqt oralig‘ida IUT’ga 2490 nafar abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi, lekin ulardan 1358 nafarigina barcha talablarga to‘liq javob berdi (IELTS ballari 5 dan kam bo‘lmasligi lozim). Ularning 920 nafari “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa, 438 nafar abituriyentlar esa “Logistika” yo‘nalishini tanladi. Joriy yilda universitet 400 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirgan.

    IUT’ga kirish imtihonlari Toshkentdagi “O‘zko‘rgazmasavdo” AJ binosida bo‘lib o‘tdi. 20-iyul kuni “Kompyuter va dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar o‘tayotgan bo‘lsa, 21-iyul kuni “Logistika” yo‘nalishi bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

    Imtihon savollari Koreya Respublikasidagi Inha universiteti professorlari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, savolnomalar Koreyadan yopiq konvertlarda keltirildi va ular bevosita imtihon olinayotgan zalda koreyalik ekspertlar tomonidan ochildi hamda abituriyentlarga tarqatildi.

    Abituriyentlar fizika hamda matematika fanlaridan 20 tadan tuzilgan savollarga javob yozishlari lozim. O‘qishga qabul qilinganlar ichidan eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar talabaga universitet homiylari tomonidan ularning kontrakt pulari to‘lab beriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kirish imtihonlarini o‘tkazish jarayonini optimallashtirish maqsadida OMR Card System (optik belgilarni tanish) tizimi joriy etildi.

    Imtihon yakunlanishi bilan abituriyentlarning javoblari o‘rin olgan barcha savolnomalarni koreyalik mutaxassislar yig‘ib olishdi va baholash uchun o‘zlari bilan Koreyaga olib ketishadi. Imtihon natijalari 9-avgust kuni e’lon qilinadi.

    Shuningdek, istalgan odam IUT kirish imtihonlarini live.inha.uz sahifasi orqali onlayn kuzatish imkoniyatiga ega.

    20.07.2017, 13:46   Izoh (0)   10033
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shumanaydagi chekka ovullarga toza ichimlik suvi keltirildi

    20.07.2017, 13:17

    Iste’molchilar qachon elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi?

    20.07.2017, 12:36

    Nega Yaqin Sharq hech tinchimaydi? Taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov fikrlari (video)

    20.07.2017, 12:07

    Samarqandda yangi bioreaktor poligoni tashkil etiladi

    20.07.2017, 11:58

    Moskvadan Qarshiga uchib kelgan 16 yoshli o‘smirning noutbukidan behayo mazmundagi videolavhalar topildi

    20.07.2017, 11:26

    Xovosda birga yashovchi qaynonasini o‘margan kelin fosh etildi

    20.07.2017, 11:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.