Toshkent shahrida joylashgan “Novza” jome’ masjidida katta ko‘lamdagi qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.
19-iyuldan O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent shahar vakilligi hamda keng jamoatchilik masjidda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash uchun yig‘ildi.
Masjidning hovlisiga namozxonlar uchun zamonaviy talablar asosida ayvon quriladi. Shuningdek, masjid tahoratxonasini yangidan qurish rejalashtirilgan.
Ma’lumki, mazkur masjid respublikadan haj va umra safariga otlanayotgan ziyoratchilar uchun so‘nggi kuzatish maskani ham hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda ayollar uchun alohida tahoratxonalar ham bo‘lishi hisobga olingan.
Masjidning qurilish-ta’mirlash ishlari mustaqillikning 26 yilligi arafasida bitkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)