REDTAG zamonaviy va ommabop kiyimlar tarmog‘ining navbatdagi do‘koni Andijon shahrida ishga tushdi. Bu haqda tarmoqning Facebook sahifasida ma’lum qilindi.
Ochilish munosabati bilan oilaning barcha vakillariga mo‘ljallangan o‘ziga xos uslubdagi bejirim kiyim-kechaklar, qulay poyabzallar hamda turli-tuman aksessuarlarga chegirma va foydali takliflar amal qilmoqda. Aytish kerakki, ushbu do‘kon tarmoqning Farg‘ona vodiysidagi ikkinchi filiali sanaladi.
2006-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida yaratilgan mazkur brend dunyo bo‘ylab 19 ta mamlakatda 200 dan ortiq do‘konga ega. REDTAG’ning O‘zbekistondagi franshiza huquqi Anglesey Food ShKga tegishli. Bugungi kunda Toshkent shahrida 6 ta, Olmaliq, Samarqand, Qo‘qon va Andijon shaharlarida 1 tadan REDTAG do‘konlari xaridorlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Yaqin orada boshqa hududlarda ham filiallar ochilishi kutilmoqda.
Tarmoqning barcha savdo nuqtalari va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan Facebook, Telegram, Odnoklassniki.ru hamda Instagram sahifalarida tanishib borishingiz mumkin.
Izoh (0)