O‘zbekistonlik futbolchi Aziz Ibragimovni o‘z safiga qo‘shib olgan Yurmalaning “Spartak” klubi Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqish imkoniyatini to‘la yo‘qotdi.
2-sararalash bosqichida latviyaliklar Qozog‘istonning “Astana” klubi bilan to‘qnash kelib, Yurmaladagi birinchi o‘yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan, o‘sha uchrashuvda Aziz Ibragimov 69 daqiqa maydonda harakat qilgandi.
Astanada o‘tgan javob o‘yinida 1:1 hisobi qayd etildi. Aziz Ibragimov maydonda to‘liq harakat qildi.
Yevropa Chempionlar ligasi 2-saralash bosqich 18-iyul, seshanba
“Astana” (Qozog‘iston) — “Spartak” (Latviya) 1:1
Gollar: Patrik Tvumasi, 59 (1:0). Edgar Vardanyans, 72 (1:1).Dastlabki o‘yin: 1:0
“Astana” Qozog‘iston Premyer-ligasining 20-turidan keyin peshqadam bo‘lib turibdi. “Spartak” esa Latviya chempionatida karvonboshilik qilmoqda.
Izoh (0)