O‘zbekistonning barcha hududlarida yer usti muqobil teleuzatish 2018-yilning dekabrigacha bosqichma-bosqich to‘xtatiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 17-iyuldagi “Raqamli teleuzatishga o‘tish va yer usti muqobil teleuzatishni to‘xtatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 502-sonli qarori bilan belgilandi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida yer usti muqobil teleuzatishni bosqichma-bosqich to‘xtatish grafigi tasdiqlandi.
Unga muvofiq, umuman O‘zbekiston hududida 2018-yil 5-dekabrigacha, Toshkent shahrida esa 2018-yil 15-iyuliga qadar muqobil teleuzatish to‘xtatiladi.
Izoh (0)