AQSh turnesini davom ettirayotgan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi kecha — 17-iyul kuni Sendi shahrida yig‘indagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi.
“Real Solt-Leyk” klubiga qarshi bellashuv Joze Mourinyo shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Hisob mezbonlar tomonidan ochilganiga qaramay, birinchi bo‘limning o‘zidayoq angliyaliklar 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.“Mankunian”lar safidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazgan Romelu Lukaku debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi. “Yunayted” avvalroq “Los-Anjeles Gelaksi” klubi ustidan 5:2 hisobida zafar quchgandi. Genrix Mxitaryan birinchi o‘yinda ham gol urgandi.
O‘rtoqlik o‘yini Sendi, AQSh 17-iyul, dushanba
Izoh (0)