15-iyul kuni AQShning Minneapolis shahrida politsiyachi qurolsiz ayolni otib o‘ldirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
AQShga Avstraliyadan kelgan Jyustin Ruschik avgust oyida turmushga chiqmoqchi edi.
Ayol uyining yaqinida ro‘y bergan voqea haqida politsiyaga ma’lumot berish uchun 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan edi. Ammo oradan 20 daqiqa o‘tib, uning o‘zi halok bo‘ldi.
Politsiya bo‘lgan voqealarni oshkor qilmayapti. Hatto ayolning qarindoshlari ham uning o‘limi sabablari va shart-sharoitlaridan bexabar. Shunisi ma’lumki, Ruschik 911 ga qo‘ng‘iroq qilib, politsiya chaqirgan. U uyining yaqinida jinsiy tajovuzga guvoh bo‘lgani aytilmoqda.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilardan biri shu paytda ko‘chaga chiqqan Ruschikni otib tashlagan.
Ayolga qarata o‘q uzgan politsiyachining ismi-sharifi — Muhammad Nur. U Minneapolis politsiyasida 2015-yildan buyon ishlab kelgan. 31 yoshli politsiyachi ustidan ko‘plab shikoyatlar kelib chiqqan, shulardan ikkitasi yuzasidan taftishlar haligacha davom etmoqda.
Izoh (0)