AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eronning 18 nafar jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Ular ballistik raketalar loyihalarida ishtirok etishda ayblanmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Sanksion ro‘yxatga Eron armiyasiga, Eron islom inqilobi muhofizlari korpusiga hamda nomi tilga olinmagan kriminal guruhga yordam bergan shaxslar kiritildi.
Ilgariroq Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi AQShda terrorchi guruhlarga tenglashtirilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. Korpus rahbariyati shu munosabat bilan bayonot berib, bu AQSh uchun ma’lum oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.
Izoh (0)