Turkiya rasmiylari 4128 nafar Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi. Ularning IShID bilan aloqadorligi gumonlari bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, 2011-yildan buyon Turkiyadan shu gumonlar asosida 804 nafar rossiyalik deportatsiya qilingan. Shu muddat ichida chiqarib yuborilgan chet elliklarning umumiy soni — 4957 kishi.
Turkiyada IShID bilan aloqadorlik yuzasidan qora ro‘yxatga jami 53781 kishi kiritilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)