Asosan kurdlardan iborat “Demokratik Suriya kuchlari” otryadlari Rakka shahrini terrorchilardan tozalash bo‘yicha operatsiyani susaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 5-iyuldagi qamaldan so‘ng u yerdagi jangovar harakatlar pozitsion xarakterga ega bo‘lib turibdi. Otishmalar bir qancha yondash ko‘chalarda davom etmoqda.
Matbuotda aytilishicha, kurd otryadlari komandirlari bunday taktik qadam tashlashiga sabab Turkiya qo‘shinlari Aleppodan 60 kilometr g‘arbdagi Afrin tumaniga bostirib kirishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlardir. Kurdlar Vashington Anqaraga bosim o‘tkazib, Turkiyaning Suriya shimoliga yurish qilishiga taqiq qo‘yishini kutmoqda.
Afrinda 1 million kurd istiqomat qiladi.
Izoh (0)