Tanzaniyadagi Ndutu Safari Lodge qo‘riqxonasida istiqomat qiluvchi urg‘ochi sher qoplon bolasini qaramog‘iga oldi va oziqlantirdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
5 yoshli sher qoplondan tashqari o‘zining ikki hafta avval dunyoga kelgan uch nafar bolasiga ham qaraydi.
Yovvoyi mushuklarni himoya qilish bilan shug‘ullanadigan Panthera va Kope Lion tashkilotlari bilan hamkorlik qiluvchi doktor Lyuk Xanterga ko‘ra, bu o‘ta noyob hodisa.
Urg‘ochi sher qoplonchaga bolasidek munosabatda bo‘lmoqda. Qoplonchaning o‘z onasi qayerda ekanligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)