Xitoydagi savdo markazida ayollar xarid chog‘i erlarini qoldirishi mumkin bo‘lgan maxsus xona ochildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Har bir mijoz uchun 90-yillardagi videoo‘yinlarni o‘ynash mumkin bo‘lgan alohida shisha xona ko‘zda tutilgan. Dastlabki bir necha oy ulardan foydalaganlik uchun haq olinmaydi.
Ayrim erlar bu yangilikni baholashga ulgurdi. Ulardan biri Tekken 3 o‘ynab, to‘liq qoniqish hosil qildi va o‘zini maktabga qaytgandek his etganini bildirdi. Yana biri esa g‘oyani maqtadi, biroq xonada konditsioner yo‘qligidan nolidi.
Izoh (0)