Apple barmoq izlari datchigini ishlab chiqarishda yuzaga kelgan muammolar tufayli yangi iPhone smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatib turishi mumkin. Muqaddam kompaniya ushbu tizimni takomillashtirish ustida ishlayotgani ma’lum bo‘lgan edi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, Apple smartfonlar yetkazilishini ortga surishi IV chorak natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agarda kompaniya bozorga barmoq izlarini skanerlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan telefonlarni chiqarsa, bu xaridlar hajmining qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Apple sentabrdan yangi supersilsilani ishga tushirib, uch xil variantdagi smartfonlarni taqdim etishi, superpremium segmentidagi smartfon narxi ming dollardan kam bo‘lmasligi kutilayotgan edi. Shu tufayli tahlilchilar kompaniya katta muvaffaqiyatga erishishini bashorat qilayotgan edi.
Izoh (0)