Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning Le-Man shahrida fransuz yozuvchisi va sobiq sudya Jan-Mishel Lamber vafot etdi, deb yozadi France Info portali.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Adibning jasadi o‘z uyidagi ishxonasidan 11-iyul kuni topildi. Lamberning boshida plastik paket bo‘lib, u bo‘yinbog‘ yordamida bo‘yniga o‘ralgan edi.

“Hech qanday o‘ldirib ketish belgilari topilmadi”, — deya aniqlik kiritdi Le-Man prokurori. Politsiyachilar xonadondan bostirib kirish yoki kurashish alomatlarini ham topa olmadi.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, 65 yoshli yozuvchi o‘z joniga qasd qilgan. O‘limning aniq sababi tibbiy ekspertiza natijasida belgilanadi.

Ta’kidlanishicha, o‘lim yuz bergan vaziyat Lamberning 2014-yilda chop etilgan so‘nggi kitobidagi sahnani to‘lig‘icha takrorlaydi. Asar qahramoni professor Shaber o‘z joniga qasd qilib, o‘limidan oldin esa maktub yozib qoldiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi