• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga hujjat topshirish uchun nega kamida uch kun vaqt ketadi?

    Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga hujjat topshirish uchun 6-iyul kuni Surxondaryodan kelgan abituriyentlar 12-iyulgacha ham o‘z niyatiga yeta olmadi. Profi Education nodavlat ta’lim markazi rahbari Bektosh Hotamovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, institutga hujjat topshirish jarayoni haddan tashqari murakkablashtirilgan va jarayon juda sekin. “Bundan aynan maqsadli qabul bilan bog‘liq ayrim g‘arazli maqsadlar rejalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi”, — deydi Hotamov.

    Foto: Bektosh Hotamov

    Foto: Bektosh Hotamov

    Hujjatlarni topshirish uchun uch kun kerak (kamida)!

    Hujjat topshirish uchun borsangiz, sizni institut xodimlari kutib olib, ism-familiyangizni bir jurnalga yozib qo‘yadi-da, “Uch kundan so‘ng falon soatda kelasiz”, deb aytadi. Nega uch kundan keyin? Chunki hujjat topshirish uchun kelgan abituriyentlarning uch kunlik navbati hosil bo‘lgan. Ayni vaqtda, qo‘lingizdan hech bir hujjat olinmaydi.

    Uch kundan keyin aytilgan vaqtda kelganingizdan so‘ng, hujjatlarni topshirishingiz uchun sizga navbat raqami beriladi. Navbat raqamini olish uchun ham navbatga turiladi. Mabodo, siz aytilgan soatda emas, undan atigi yarim soat kech qolib kelsangiz ham, sizga yana uch kun avvalgi gap aytiladi: “Uch kundan so‘ng falon soatda kelasiz”.

    Tasavvur qilaylik, siz aytilgan vaqtda keldingiz va navbatda turib, hujjat topshirish uchun navbat raqamini oldingiz. Endi hujjatlaringizni topshirish uchun navbatda turasiz. Lekin bu sizning navbatingiz shu kunning o‘zida keladi, degani emas. Mabodo navbatingiz raqamni olgan kuningizdayoq kelsa, siz haqiqiy omadli inson ekansiz. Lekin bunday omadlilar yo‘q, hisobi — navbatingiz erta yo indinga o‘tib ketishi ehtimoli katta, chunki sizdan avval raqam olgan 100 dan ziyod abituriyentning navbati ham bir kunga kechikib ketgan.

    Xullas, qo‘lingizdagi raqam bo‘yicha navbatingiz kelganidan so‘ng (bunga kamida uch-to‘rt soat vaqt kerak bo‘ladi), sizni suratga tushirishadi va barmoq izlaringizdan namuna olishadi (buning uchun butun boshli institutda faqat bitta kompyuter va bitta barmoq izi skaneri ajratilgan). “Aqlli texnologiyalar”ga ma’lumotlaringizni taqdim etib bo‘lganingizdan so‘ng, ariza to‘ldirish uchun o‘tirasiz.

    Arizani to‘ldirishda bittagina harfni xato yozsangiz ham, siz — ya’ni kun davomida navbatda turgan, asabiylashgan, charchagan abituriyent uni qaytadan yozishingiz kerak bo‘ladi. Ariza qog‘ozini esa sizdan tashqari 70-80 kishi bo‘lgan xonaga kirib, yana asabiylashib, olib chiqishingiz kerak. Bundan tashqari, oddiygina 086 tibbiy ma’lumotnomasida surat ustidagi muhr ko‘rinmasa ham, viloyatlardan kelgan abituriyentlar o‘z viloyatiga — yangi ma’lumotnoma olib kelishi uchun qaytarib yuborilmoqda.

    Bektosh Hotamovning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda aksariyat abituriyentlar, ayniqsa, uzoq viloyatlardan kelgan yigit-qizlar ko‘p jabrlanmoqda. “Yaxshi hamki, men rahbarlik qilayotgan o‘quv markazining yotoqxonasi bor, bolalar ko‘chada qolayotgani yo‘q. Bir kunda hujjat topshirib ketish niyatida viloyatlardan kelgan abituriyentlar o‘z navbatini kutib ko‘chalarda qolib ketmoqda. O‘zingiz o‘ylang, kirish imtihoniga hujjat topshirish uchun to‘rt kun ovora bo‘lish mumkinmi?”, — deydi Hotamov.

    Nega shunday? Taxminlar

    Aytishlaricha, boshqa oliy ta’lim muassasalariga ariza topshirish bunchalik murakkab emas. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti yoki Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutiga bir kunning o‘zida, atigi ikki-uch soat ichida hujjatlarni topshirish mumkin. Chunki, Bektosh Hotamovning ta’kidlashicha, bu oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayoni yaxshi tashkil etilgan va, eng asosiysi, hujjatlarni bir kishi emas, bir necha kishi qabul qiladi.

    Biroq, Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga, nafaqat unga, balki boshqa oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga hujjat topshirish uchun bir necha kun kerak. Vaholanki, tibbiyot ta’lim muassasalari bilan, masalan, Yuridik universitet yoki Irrigatsiya institutining qabul jarayonida deyarli farq yo‘q — har biri bir xil ro‘yxat bo‘yicha hujjatlar qabul qiladi, alohida ijodiy yoki maxsus tekshiruvlar ham yo‘q.

    Bektosh Hotamovning so‘zlariga ko‘ra, oliy tibbiy ta’lim muassasalari qabulidagi bu yilgi sargardonliklar, boshqacha qilib aytganda — “o‘qishga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar sonini sun’iy kamaytirishga urinish” 2017-yildan tatbiq etilayotgan maqsadli qabul bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    “Deylik, bir viloyat uchun 50 ta maqsadli o‘rin ajratilgan. Shu viloyatdan kelgan abituriyentlardan arizalar qanchalik kam qabul qilinsa, konkurs shunchalik kamayadi. Konkurs kamayganidan so‘ng, o‘z-o‘zidan kirish ballari pastlaydi. Kirish ballari pastlagach, uyog‘i barchaga ma’lum”, — deydi “Daryo” suhbatdoshi.

    Qayd etishlaricha, Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga hujjat topshiraman deb bir necha kunlab ovora bo‘lgan abituriyentlarning aksariyati oxir-oqibat boshqa oliy ta’lim muassasasiga tavakkaliga ariza bermoqda. Mazkur holat ham abituriyentlar konkursi kamayishidan manfaatdor g‘arazli mas’ul shaxslarning foydasiga ishlashi turgan gap.

    Yechim. Oddiygina yechim

    Abituriyentlarning Toshkent pediatriya tibbiyot institutida qabulida uch kunlab ovora bo‘lishi bilan bog‘liq muammoni oddiy hal qilish mumkin: abituriyentlarning navbatlarini ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ajratish, hujjatlarni qabul qiluvchi mas’ul xodimlar sonini oshirish, ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va bioskaner qurilmalarini ko‘paytirish. Shuning o‘zi ham qabul jarayonini nisbatan tezlashtirib, abituriyentlar va ularning ota-onalarini tashvishdan birmuncha xoli qilgan bo‘lardi.

    13.07.2017, 14:29   Izoh (0)   28851
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Denazavrik Toshkent bo‘ylab sayrga chiqadi!

    13.07.2017, 13:56

    Abdulaziz Komilov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukni qabul qildi

    13.07.2017, 13:44

    O‘zMUdagi “aqlli texnologiya” Zuhraning o‘rniga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan Fotimani aniqladi

    13.07.2017, 10:44

    Qisqa muddatlarda tovar va xizmatlaringiz sotuvi bir necha barobar ortishini istaysizmi?

    13.07.2017, 10:23

    G‘ijduvonda kelin o‘z qaynotasining 1000 dollar pulini o‘g‘rilab ketdi

    13.07.2017, 10:20

    Chilonzorda qo‘shmachilik bilan sudlangan ayol yana qo‘shmachilik qilayotganida qo‘lga olindi

    13.07.2017, 09:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.