Yangi Zelandiyadan Karib dengizidagi Sint-Marten oroliga dam olishga kelgan ayol havoga ko‘tarilayotgan samolyot havosiga uchrab, yiqilganidan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Voqea dengizdan bir necha metr naridagi malika Yuliana aeroporti atrofida ro‘y berdi. Plyajni uchish-qo‘nish tasmasidan faqat bitta devor ajratib turadi.
57 yoshli turist ayol devordan boshini ko‘tarib, Boeing-737 samolyotining havoga ko‘tarilishini kuzatayotgan edi. Ammo layner shamoli uni yiqitdi. Orqaga uchib ketgan ayol jiddiy jarohatlar olib, shifoxonaga yotqizildi, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Izoh (0)