IShID terrorchi guruhi jangarilari Iroqning Naynava viloyatida joylashgan Tal-Afar shahrini mustaqil davlat deb e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tal-Afardagi terrorchilar yetakchisi uning buyruqlariga quloq solmaydiganlarni qattiq jazolashini aytib tahdid qildi, deyiladi xabarnomada.
Manbaga ko‘ra, hozir Tal-Afar arablar va chet elliklar qo‘lida bo‘lib, mahalliy jangari yetakchilar hech qanday rol o‘ynamayapti, negaki ular qator ommaviy qatllardan so‘ng jiddiy kuchlarsiz qoldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)