Iroq Saddam Husayn Italiyaga 1980-yil buyurtma qilgan “Assad” toifasidagi korvetlarni endi qabul qildi. Ushbu kemalar Italiyaning Spetsiya harbiy-dengiz bazasida 30 yildan ko‘proq turdi.
Facebook’dagi Tactical Cell guruhi foydalanuvchilari Iroqning Umm-Kasr portiga yetib kelgan kemalarning suratlarini e’lon qildi.
Aytilishicha, “Muso bin Nusayr” va “Tariq bin Ziyod” korvetlari Ispaniyada bosqinchilik urushlarini olib borgan arab sarkardalari nomiga atalgan bo‘lib, ular 1980-yili tuzilgan 2,4 milliard dollarlik shartnoma doirasida qurilgan.
Izoh (0)