Hindistonning Goa shtati politsiyasi “yomon” fe’l-atvori uchun oila a’zolari tomonidan 20 yil davomida tutqunlikda saqlangan ayolni ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, huquq-tartibot organlariga bu haqda jamoat tashkilotlaridan biri ma’lumot bergan. Voqea plyaj yaqinidagi Kandolim qishlog‘ida ro‘y bergan. U yerga xorijdan va Hindistonning o‘zidan minglab turistlar keladi.
Ayol ayni paytda 50 yosh atrofida. U 20 yilcha muqaddam Mumbaydan o‘z qishlog‘iga qaytgan. U turmush qurgan erkakning boshqa xotini borligini bilgach, ayol qishlog‘iga qaytishga qaror qilgan, bu yerda ruhiyatida o‘zgarishlar yuz bergani va o‘zini g‘alati tuta boshlagani tufayli oilasi tomonidan xonaga qamab qo‘yilgan va tutqunlikda uzoq yillar yashagan.
Izoh (0)