• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ijtimoiy fikr” so‘rovida qatnashgan har uchinchi kishi ishga joylashish imkoniyatlaridan qoniqmasligini bildirdi

    “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, fuqarolar tomonidan davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatiga berilgan baho ijobiy tomonga o‘zgarib, ularning ish samaradorligi oshib bormoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Joriy yilning I choragida respondentlarning 47,1 foizi ijobiy fikr bildirgan bo‘lsa, II chorakda bunday xulosadagilar soni 48,8 foizni tashkil qildi.

    E’tiborli jihati, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Namangan, Andijon viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari ishi darajasi hamda samaradorligidan fuqarolarning qoniqish darajasi yuqori bo‘ldi (50 foizdan yuqori).

    Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Navoiy viloyatlarida esa bu mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past, ya’ni 38 foizdan kamni tashkil etdi.

    Respondentlarning qariyb 49,2 foizi fikricha, “joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyati haqidagi axborot ochiq va undan foydalanish mumkin”. Mazkur miqdor so‘nggi uch oyda 9,5 foiz o‘sgan. Bundan tashqari, so‘rovning har uchinchi ishtirokchisi nazdida “axborot hamma uchun ham ochiq emas va undan barcha fuqaro foydalana olmaydi”.

    Tadqiqot jarayonida mamlakatning aksariyat aholisiga daxldor eng dolzarb muammolar aniqlandi. Bular — iqtisodiy muammolar (ish haqi darajasi, kommunal xizmatlar va keng iste’mol tovarlarining narxlari va tariflari, ishga joylashish); ijtimoiy muammolar (uy-joy bilan ta’minlanish va uning sifati, tibbiyot muassasalarining ishi, oilaviy nizolar); ijtimoiy infratuzilma muammolari (kommunal xizmatlar ta’minotining sifati, ekologiya, transport); qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash (inson huquqlari, korrupsiya, poraxo‘rlik hamda tamagirlik).

    So‘rovda qatnashganlarning 85,8 foizi tadbirkorlik faoliyati hamda kichik biznes sohasida ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi, deb hisoblaydi. Keyingi paytlarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, pensionerlar, nogironlar, faxriylar hamda aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash bo‘yicha vaziyat yaxshilandi.

    Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning inson huquq hamda erkinliklarini himoyalash bo‘yicha ishlari faollashdi, oilaviy poliklinikalar tomonidan aholiga o‘z vaqtida, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilayapti.

    Respondentlarning qariyb 70 foizi markaziy isitish tarmog‘idan foydalanmasligi, har uchinchi ishtirokchi issiq suv va tabiiy gazdan foydalanish imkoniga ega emasligini ma’lum qilgan. Ularning 28,6 foizi suv ta’minotiga ulanmagan, aholining 27,8 foizi fikricha, chiqindilarni tashib ketish tashkil etilmagan. So‘rovda qatnashganlarning 28,6 foizi sifatli ichimlik suvi ta’minotidan qoniqmaydi.

    So‘rov ishtirokchilarining 87,3 foizi shaxsiy xavfsizligi, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ta’minlanganligidan to‘la darajada qoniqadi. 86,6 foizi jamoat joylarida tartib va qonuniylik ta’minlanganligini yuqori baholaydi. So‘ralganlarning 76,7 foizi esa jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidan roziligini bildirdi.

    Respondentlarning 83,1 foizi uchun bozorlardagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va keng iste’mol tovarlari turlari maqbul. Jamoat transporti faoliyati jonlandi.

    Shu bilan birga, har uchinchi respondent mavjud ishga joylashish imkoniyatlaridan qoniqmasdan, o‘zi yashayotgan viloyat, shahar yoki tumanda “yetarlicha yangi mehnat o‘rinlari yaratilmayapti va munosib haq to‘lanadigan barqaror ish joyi topish qiyin”, deb javob berdi.

     

    11.07.2017, 09:45   Izoh (0)   6731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha o‘zbek—koreys markazi tashkil etiladi

    11.07.2017, 08:17

    Shavkat Mirziyoyevga Yunusoboddagi metro qurilishi haqida ma’lumot berildi. Prezident bekatlar dizayni uchun tanlov o‘tkazishni taklif qildi

    10.07.2017, 20:54

    Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi metro qurilishini borib ko‘rdi

    10.07.2017, 20:33

    Shavkat Mirziyoyev Sergeliga tashrif buyurdi va qurilayotgan yangi uy-joylar bilan tanishdi

    10.07.2017, 20:20

    Gazsiz va chiroqsiz qoladigan Mirziyoyevning qishlog‘i, 4000 so‘mdan oshgan dollar, Qozog‘istonda yonib ketgan 1,5 ming qo‘y va kunning boshqa muhim xabarlari

    10.07.2017, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev: Mening qishlog‘imda ham har kuni gaz, chiroq bo‘lavermaydi (video)

    10.07.2017, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.