• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryolik chaqaloq Muhammadjon Rashidov vafot etdi

    Qashqadaryolik chaqaloq Muhammadjon Rashidov 11-iyul kuni vafot etdi. U 2017-yilning 14-may kuni tug‘ilgan edi.

    Muhammadjon Rashidov, 10-iyulda olingan surat. Foto: Shahnoza Hamidova

    Muhammadjon Rashidov, 10-iyulda olingan surat. Foto: Shahnoza Hamidova

    11-iyulga o‘tar kechasi chaqaloqning ahvoli og‘irlashgan. Erta tongdan Muhammadjonni Toshkentdan yetib borgan mutaxassislar ishtirokida qayta operatsiya qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilgan. Biroq chaqaloqning joni operatsiyagacha uzilgan.

    Kasallik tarixi

    Muhammadjonning buvisi Nargiza Qurbonovaning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloqning ahvoli 16-maydan yomonlashgan. Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Rasulovning ma’lum qilishicha, bola 10-iyun kuni og‘ir ahvolda, “Markaziy nerv tizimining perinatal zararlanishi. Chaqaloqlar gemolitik kasalligi. Homila ichi infeksiyasi” tashxisi bilan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limiga qabul qilingan.

    Bolaning ahvoli og‘irligicha qolgani, qo‘shimcha ravishda qorin taranglashishi, dam bo‘lishi, qorinning kattalashishi, ich kelmasligi, tana haroratining ko‘tarilishi, qayt qilish kabi belgilar kuzatilgan. Shundan so‘ng chaqaloqqa “Yarali nekrotik enterokolit, yo‘g‘on ichak stenozi, peritonit” tashxisi ham qo‘yilgan. Shundan so‘ng chaqaloqni operatsiya qilishga qaror qilingan. Operatsiya 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan.

    Operatsiyadan so‘ng chaqaloqqa “Sepsis. Homila ichi infeksiyasi. Yarali nekrotik-gangrenoz total enterokolit. Yo‘g‘on ichaklar va ingichka ichak yaralarining perforatsiyasi. Tarqalgan najasli-yiringli-fibrinli peritonit. Endotoksikoz” tashxislari qo‘yilgan. Muhammadjon Rashidovning ahvoli OAV va internetda ma’lum qilinganidan so‘ng, 6-iyuldan bolalar tibbiyot markazining alohida, konditsionerli xonasiga ko‘chirilgan, unga bir shifokor, bir hamshira va bir sanitar biriktirilgan.

    Mavzuga doir: Qashqadaryolik Muhammadjon konditsionerli palataga o‘tkazilgan, unga “avvalgidan yaxshi qarashmoqda”

    Chaqaloqning ahvoli bilan tanishish va unga yordam berish maqsadida Samarqand va Toshkent shaharlaridan yetakchi mutaxassislar Qarshiga yuborilgan. Muhammadjon Rashidovni davolashga jalb etilgan shifokorlar bolaning ahvoli va olib borilayotgan muolajalar yuzasidan chet eldagi hamkasblari ham maslahatlashgan.

    Unga “O‘lmasjon” deb yangi ism berishgan edi...

    Muhammad Rashidov voqeasida jamoatchilik e’tiborini tortgan asosiy jihatlardan biri, bu — chaqaloq 28-iyundagi operatsiyadan so‘ng shifokorlar tomonidan “vafot etgan” deb, yaqinlariga topshirilgani, so‘ng janozasi vaqtida “jonlangani” bilan bog‘liq hodisadir. Aynan shu sababli ham ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari chaqaloqqa “Hayotbek”, “O‘lmasjon” kabi yangi ismlar bergan edi.

    Mavzuga doir: Mayit yuvuvchining qo‘lida “jonlangan” bir yarim oylik go‘dak. Qashqadaryolik Muhammadjonning hayoti saqlab qolinadimi?

    Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborotida mazkur vaziyatga qisqacha: “Bola vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan”, deb izoh berilgan. Shu bilan birga, vazirlikning rasmiy axborotida chaqaloqning operatsiyasi 18:50 da tugagani, chaqaloq 19:30 da shifoxonadan olib ketilgani, 22:30—23:00 larda qaytarib olib kelingani aytilgan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida keltirilgan voqea soatlari bilan bevosita hodisa guvohi bo‘lgan fuqarolarning bildirgan ma’lumotlari o‘rtasida nomuvofiqliklar, ziddiyatlar bor. Xususan, janozada bo‘lgan Qarshi tumani Quyi Beshkent jome’ masjidi imom-xatibi chaqaloqning tirik ekani shom namozi arafasida ma’lum bo‘lganini, voqeadan xabardor shifokorlardan biri esa chaqaloq soat 22:00 bo‘lmay shifoxonaga qaytarib olib kelinganini “Daryo”ga ma’lum qilgan edi.

    “Daryo” internet-nashri tahririyati Muhammadjon Rashidovning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

    11.07.2017, 11:21   Izoh (0)   268667
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston TIVda Yevropa investitsiya banki vakillari bilan telekonferensiya o‘tkazildi

    11.07.2017, 11:15

    Toshkentda yo‘qolib qolgan 7 yoshli bola qidirilmoqda

    11.07.2017, 10:49

    Shavkat Mirziyoyev: Asosiy maqsadimiz – odamlarga barcha zarur qulayliklarni yaratishdir

    11.07.2017, 10:14

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Pallada investment” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi

    11.07.2017, 09:59

    “Ijtimoiy fikr” so‘rovida qatnashgan har uchinchi kishi ishga joylashish imkoniyatlaridan qoniqmasligini bildirdi

    11.07.2017, 09:45

    Toshkentda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha o‘zbek—koreys markazi tashkil etiladi

    11.07.2017, 08:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.