Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Birinchi ligasida ishtirok etadigan Quvasoyning “Sementchi” klubi Turkiyada xordiq chiqaradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa 11-iyul tongida Toshkentga yetib kelib, MOQ qoshidagi tibbiyot markazida ko‘rikdan o‘tgan va “O‘zbekiston” mehmonxonasidan qo‘nim topgan. Ertaga — 12-iyul kuni “Sementchi” Antaliyaga yo‘l oladi va kamida bir hafta shu yerda bo‘ladi.
Rejaga ko‘ra, Turkiyada bir-ikki o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushish ham rejalashtirilgan. Biroq bunda raqiblar nomiga oydinlik kiritilmagan. Umuman, raqiblar bilan safarga qadar kelishib qo‘yilganmi yoki ular o‘sha yerning o‘zida topiladimi, ma’lumot berilmagan.
“Sementchi” O‘zbekiston Birinchi ligasining 1-davrasi yakuniga ko‘ra peshqadam bo‘lib turibdi. Bu paytda kelib Oliy liga ishtirokchisi hisoblangan “Obod” klubi moliyaviy qiyinchilik sabab yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.
Izoh (0)