Hindistonning eng yirik aviakompaniyasi — Air India endilikda ichki reyslarda ekonom-klass yo‘lovchilariga faqat vegetarianlik ovqatlari berilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Kompaniya rasmiy vakilining so‘zlariga qaraganda, bu qadam chiqindilar hajmini kamaytirish, xarajatlarni qisqartirish va xizmat sifatini umumyi yaxshilash uchun tashlanmoqda. Bundan tashqari, aytilishicha, go‘shtli taomlar ichki reyslarda sertalab bo‘lmagan.
Ilgari aviakompaniyaning ichki reyslarida go‘shtli taomlar parvoz 90 daqiqadan oshiq davom etgan taqdirda taqdim etilardi.
Xalqaro reyslarda hamda biznes-klassda go‘shtli ovqatlardan voz kechilmadi.