Buyuk Britaniya kontrterror politsiyasi 10-iyul kuni YouTube’dagi kanalida turistlar uchun terakt chog‘ida tirik qolish bo‘yicha videoinstruksiya joylashtirdi. Rolik Birlashgan Qirollikning sayohat maqsadida chet elga chiqayotgan fuqarolariga mo‘ljallangan.
Videorolikda turistlarga otishma ovozi eshitilishi bilan hamma narsani tashlab, tezroq qochish tavsiya qilinadi. Agar terakt hududini tark etish imkoniyati bo‘lmasa, unda eshiklari mustahkam xona ichiga bekinish lozim.
Shuningdek, aytilishicha, telefonni ovozsiz rejimga o‘tkazish maqsadga muvofiq, vibratsiyani o‘chirish va tinch o‘tirish ham muhim. Nihoyat, eshik va derazalardan uzoqroq turish kerak.
Politsiyaga faqat xavfsizlikda bo‘lgandagina qo‘ng‘iroq qilish joiz. Agar qutqaruvchilar jabrlanuvchini bevosita terakt joyida topsa, u baqirmasdan, tinchlik saqlagani ma’qul, negaki ular bu harakatlarni tahdid deb tushunishi mumkin.
Nihoyat, turist qo‘lida qurol yo‘qligini bilishlari uchun ularni qo‘llarini ko‘rsatib turishi lozim.
Izoh (0)