• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Stadiondan chetda qoldirilgan fors ayollariga bayram tatimaydi. Ular o‘z huquqi uchun kurashda

    Futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi O‘zbekistonni mag‘lub etib, JCh chiptasini muddatidan avval qo‘lga kiritdi. Biroq bayram mamlakatda futbolga qiziquvchi ayollarga tatigani yo‘q. Ular millionlar o‘yinidan chetda qolgan, deb tarjima taqdim etdi “Championat.asia”. Quyida eronlik ayollarning futboldagi huquqlari haqida qisqacha o‘qish mumkin.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Eron terma jamoasi JCh—2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mundial mezboni Rossiyani hisobga olmaganda, forslar Braziliyadan so‘ng ikkinchi baxtli jamoaga aylandi.

    Mamlakatda odamlar bu muvaffaqiyatni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Ammo hamma ham emas. Ayniqsa ayollar deyarli bayram qilishmadi. Chunki ularning stadionga kirish huquqi hukumat tomonidan taqiqlangan.

    “Men terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqqanidan xursandman. Lekin bunday quvonchli damni stadionda ko‘ra olmayotganimga ich-ichimdan xafaman. Chunki biz o‘yingohlarga bora olmaymiz. Eronda ayollar unutilgan muxlislar hisoblanadi. Men 21 yildan buyon futbol tomosha qilaman. Ammo uni stadiondan ko‘rish boshqacha. Hozirgi sharoitda men xuddiki inson emasman”, — deydi Sara ismli futbol ishqibozi The World Game nashriga bergan intervyusida.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Sara Tehrondagi “Stadionlarni oching” guruhini tashkil qilgan ayol. Guruh qizlari birinchi bor 2005-yil “Ozodi” stadioni oldida bizni ham stadionga kiritinglar deb, namoyish o‘tkazishgandi. O‘shanda Eron JCh saralashi doirasida Bahraynni qabul qilgandi. Oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lsa ham, hukumat o‘z qarorini kuchda qoldirdi.

    2009-yil Sara va uning uch dugonasi “Ozodi” stadioniga kirishga muvaffaq bo‘lishdi. Qanday qilib deysizmi? Politsiya ularga koreyalik ayollar bilan kirishiga ruxsat berdi. O‘shanda Eron o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qilgandi. Bu haqda Sara shunday deydi:

    “Xorijlik ayollar ‘Ozodi’ stadioniga kirishi mumkin. Janubiy Koreya termasi kelgan payt uch dugonam bilan ularga qo‘shilib, stadionga kirgandik. O‘shanda juda qo‘rqib ketgandim, chunki hukumat bu ishim uchun meni va uch dugonamni jazolashi mumkin edi. Xayriyat, politsiyachilar o‘shanda bizni tushungan va jim o‘tirsanglar bo‘ldi degandek hech kimga aytmagandi.

    Jurnalist Saradan o‘sha o‘yin haqida gapirishni so‘ragan.

    “O‘yin 1:1 hisobida tugagandi. Bu mening “Ozodi” stadioniga birinchi va oxirgi kirishim edi. Nima bo‘lmasin, o‘shanda men chindan baxtli edim. Terma jamoang o‘ynaganda stadiondagi muhitni o‘z ko‘zing bilan ko‘rish chinakam baxt. Afsuski, bir yildan so‘ng vaziyat o‘zgardi, hukumat keskin qarorlar qabul qildi va endilikda stadionga borish umuman imkonsiz”.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Hozir “Stadionlarni oching” guruhini qo‘llab-quvvatlayotganlar ko‘plab topiladi. Shulardan biri terma jamoa sardori Mas’ud Shojaiy. Gretsiyaning “Panionios” klubida to‘p tepayotgan tajribali o‘yinchi hatto Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan shu mavzuda uchrashishga ulgurdi.

    Men muhtaram Ruhoniy bilan uchrashdim, biz stadionlarga qizlar va ayollarni kiritishga ruxsat berilishi haqida gaplashdik. Bizda futbolni sevadigan ayollar juda ko‘p. Ular ham stadionga kirsam deydi. Agar mamlakatda 200 ming kishilik stadion barpo etilib, ayollarning ham kirishiga ruxsat berilsa, o‘ylaymianki, 200 ming odam keladi. Qachondir Eronda ayollarga ham futbolga borishiga ruxsat beriladi deb umid qilaman.

    Mas’ud Shojaiy, Eron termasi a’zosi

    OFK vakili Moya Dodd 2013-yil Eronga kelgani va nimalarni ko‘rgani haqida so‘zlab berdi:

    “Menimcha, futboldagi eng katta adolatsizlik ayollarning stadionga kirishiga ruxsat bermaslik bo‘lsa kerak. Eronda ayollar futboldan mahrum. Vaholanki, ular shu futbolchilarning onasi, opasi yo singlisi, turmushi o‘rtog‘i, qarindoshi va hokazo bo‘lishi mumkin. Men 2013-yil Zepp Blatter bilan Eronga borgandim. U yerda stadionga kirishni judayam xohlaydigan jasur ayollarni uchratganimiz hamon yodimda”.

    FIFAning hozirgi kundagi bosh kotibi Fatma Samura ham xuddi Moya Dodd kabi ayollarni stadionga kiritish tarafdori.

    “Men futbol tufayli bir qator o‘zgarishlarni amalga oshira olamiz deb o‘ylayman. Ba’zi to‘siqlarni olib tashlashimiz ham mumkin. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, FIFA hech bir davlatning ichki ishi va siyosatiga aralasha olmaydi. Shu bois bu masalaga juda ehtiyot bo‘lib yondoshgan ma’qul”.

    Eronlik muxlisa Sara esa hali ham o‘z huquqi uchun kurashishda davom etmoqda. U qachonlardir Eronda ayollarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi deya ishonib yashaydi. O‘zining aytishicha, jim yurgan bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”
    10.07.2017, 19:11   Izoh (0)   9750
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘FFning 70 yoshga to‘lgan prezidenti Mirabror Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

    04.07.2017, 19:54

    KK—2017. 3-o‘rin Ronaldusiz maydonga tushgan Portugaliyaga nasib etdi. Bugun chempion nomi ma’lum bo‘ladi

    02.07.2017, 20:08

    KK—2017. Yarim final juftliklari ma’lum: Portugaliya—Chili, Germaniya—Meksika

    26.06.2017, 08:58

    Milliy termadan haydalish arafasida turgan Samvel Babayan tarqalib ketish ostonasidagi klub bilan muzokaralar o‘tkazdi

    25.06.2017, 20:12

    KK—2017. Bugun Germaniya—Kamerun va Chili—Avstraliya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

    25.06.2017, 15:19

    Konfederatsiyalar kubogi. Rossiyaga o‘z uyidagi devorlar ham yordam bera olmadi, Portugaliya va Meksika esa yarim finalga chiqdi

    25.06.2017, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.