Ertaga, 11-iyul kuni Yer sayyorasiga 2017 MS4 asteroidi yaqinlashadi, uning o‘lchami va diametri esa, mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, chorak kilometrdan oshadi. Kosmik jism xavfli hisoblanadi, ammo, “MK.ru” nashriga ko‘ra, Rossiya Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Sergey Naroyenkov real xavf u qadar jiddiy emas deb hisoblaydi.
Olimning so‘zlariga qaraganda, asteroid Yerdan 3 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi, bu esa Oydan 10 barobar uzoq deganidir. Eslatib o‘tamiz, Yer bilan orasidagi masofa tabiiy yo‘ldoshnikiga nisbatan 20 barobargacha bo‘lgan jismlar xavfli hisoblanadi. Shunga qaramay, agar real to‘qnashuv xavfi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning ehtimoli nolga teng, deb hisoblaydi Naroyenkov.
Agar shunday tavsifga ega asteroid Yerga qulagan taqdirda buning oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin. Chelyabinsk meteoritidan uch barobar kattaroq jism 75 ming kilometr/soat tezlik bilan Yerga urilsa, bu bitta shahar miqyosida butun tiriklikni yo‘q qilishi va 3 ming kilometr masofagacha vayronaliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Umuman olganda, olimning ta’kidlashicha, meteoritlar xavfi bugungi kunda ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilmoqda va bu tahdiddan butunlay xalos bo‘lish yo‘llari qidirilmoqda.
Izoh (0)