Professional boksning yarim-o‘rta vazn toifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘zbekistonlik Qudratillo Abdurahmonov rossiyalik Dmitriy Mixaylenkoni mag‘lub etdi, deb yozdi “Olamsport”.
23 yoshli o‘zbekistonlik bokschi rossiyalik raqibiga qarshi Rossiya ringlarida chiqish qilgan. 12 raund davom etgan jang yakunida hakamlar Abdurahmonovning ustunligini qayd etgan — 117:110, 116:111, 116:114.
Shu tariqa Qudratillo WBC Silver chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi. G‘alabasidan keyin bokschi o‘z vazn toifasidagi chempionlik janglarida ringga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Qudratillo Abdurahmonov 9-iyul kungi jangini ham qo‘shib hisoblaganda jami 12 marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)