Temir yo‘l orqali Xitoy–Yevropa yuk tashish loyihasi doirasida Szyansi provinsiyasidan O‘zbekistonga keladigan yuk poyezdi ishga tushirildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
Aytilishicha, kiyim-kechak va maishiy tovarlar, umumiy qiymati 1,8 million dollarga teng mollar yuklangan poyezd 7-iyul kuni Ganchjou shahridan yo‘lga chiqqan va u Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani orqali Qozog‘istonning Xorgos nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tishi, 12 kundan so‘ng esa Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.
2011-yil avgustida Chunsin–Duysburg yo‘nalishi ochilganidan buyon Markaziy Osiyo orqali Xitoy va Yevropa 4 mingdan ortiq yuk poyezdlari reyslari bilan almashdi.
Izoh (0)