Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova “Novaya gazeta”ning Chechenistonda ommaviy qatllar uyushtirilgani haqidagi surishtiruvi yakunlariga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Ombudsmen jurnalistlar unga murojaat qilganini va barcha qatl qilinganlarning ism-familiyalarini taqdim etganini aytdi. Bu ma’lumotlar Tergov qo‘mitasiga topshirildi.
“Tergov qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazadi. Bugungi kunga kelib 26 ismdan ikkitasi Checheniston hududida yashagani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmagani haqida axborot oldim. Shuningdek, aytilishicha, barcha taqdim etilgan ismlar bo‘yicha ma’lumot oz”, — dedi Moskalkova.
Shunga qaramay, ish Moskalkovaning shaxsiy nazorati ostida. U Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashishga tayyorligini bildirib o‘tdi.
Ilgariroq “Novaya gazeta” Chechenistonda ko‘plab odamlar ommaviy tarzda sudsiz qatl qilinganini yozib chiqqan, ammo respublika rahbariyati ushbu axborotni tasdiqlamagan edi.
Izoh (0)