Niger harbiylari mamlakat janubi-sharqidagi patrul chog‘ida14 nafar qurolsiz tinch fuqaroni “Boko Haram” terrorchi guruhi jangarilari deb o‘ylab, o‘ldirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Niger askarlari Chad ko‘li yaqinidagi Abadam qishlog‘ida oddiy fuqarolar uchun yopiq harbiy zonada patrul ishlarini olib borayotgan edi.Diffa mintaqasi bosh kotibining so‘zlariga qaraganda, voqea 5-iyul kuni ro‘y bergan. Harbiylar kechki soatlarda o‘t ochgan, ammo o‘ldirilganlar jangari emas, fermerlar bo‘lib chiqqan.
Halok bo‘lganlarning ikki nafari nigerlik, qolganlari esa qo‘shni Nigeriya fuqarolaridir.
Izoh (0)