Suriya hukumati Turkiyaning chegaradagi A’zoz, Jisrin va Axtarin tumanlaridagi tajovuzkor xatti-harakatlarini qoralab chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bayonotda Anqara Suriyaga qarshi terrorchilik fitnasining ishtirokchisi deb ataldi.
“Bu yangi tajovuz Turkiya hukumatini Suriyaga qarshi yo‘naltirilgan terrorchilik fitnasining a’zosiga aylantiradi, shuningdek, bu Yaqin Sharq va butun dunyo xavfsizligi uchun jiddiy tahdiddir”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)