Kataloniyaning “Barselona” klubi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan kelishishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Sports.ru” ispan jamoasi tarqatgan xabarga asoslanib ma’lumot berdi.
Yaqindagina rasman nikohdan o‘tgan Messi ta’tildan qaytishi bilan yangi shartnomaga imzo chekadi va 2021-yilga qadar “Barselona”da qoladi. Hujumchini shartnomaga qaramay sotib olishni istagan klublar Kataloniya jamoasi hisob raqamiga 300 million yevro o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.
Messining yillik maoshi qancha bo‘ldi va shartnoma yana qanday shartlarni o‘z ichiga oldi, hozircha aniq emas.
Izoh (0)