Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni Vohid Ismoilovni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston avtomobil va dengiz transporti agentligi rahbari lavozimidan ozod qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bir kun ilgari Prezident iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida agentlik faoliyatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab, tashkilot rahbariyatini tanqid ostiga olgan edi.
Vohid Ismoilov agentlikka rahbar etib 2013-yili tayinlangan edi.
Izoh (0)