• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abituriyentlarga: qabul komissiyasiga o‘rta maxsus diplomning notarial tasdiqlangan nusxasini topshirish shart emas

    Abituriyentlar qabul komissiyasiga o‘rta maxsus diplomining notarial tasdiqlangan nusxasini topshirish shart emas, deb ma’lum qildi bloger Xushnudbek Xudayberdiyev.

    Bugun notarius sifatida faoliyat yuritadigan tanishim qabul jarayonlari boshlangandan buyon abituriyentlar kollej yoki litsey diplomini notarial tasdiqlash yuzasidan juda ko‘p murojaat qilayotganini, har kuni yuzdan ortiq yaqin mana shunday notarial harakatni amalga oshirayotganini aytib qoldi. “Albatta, biz notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroga asossiz rad javobi berishga haqqimiz yo‘q, shuning uchun ularga diplom nusxasini tasdiqlab beryapmiz, ammo aslida abituriyentlar qabul komissiyalariga bunday hujjatni topshirishi shart emas-ku”, – degan fikrni aytgan suhbatdoshim mendan shu masalaga aniqlik kiritib berishimni so‘radi.

    Xo‘sh, abituriyentlar haqiqatdan hujjat topshirish vaqtida o‘rta maxsus diplomining nusxasini notarial tasdiqlashi shartmi?Javob: Yo‘q, shart emas!
    2017-yil 20-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandiga ko‘ra, abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
    • ariza;
    • umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi
    • hujjatning asl nusxasi;
    • 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
    • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
    • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
    • maxsus sirtqi bo‘lim abituriyentlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma.
    Shuningdek, ayrim abituriyentlar uchun quyidagi hujjatlar ham zarur:
    • To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va I guruh ko‘zi ojiz nogironlar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
    • Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
    • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
    Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Ko‘rib turganingizdek, hujjatlar ro‘yxatida diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi mavjud emas. Shu sababli, bunday qo‘shimcha hujjatni tayyorlashingizga zaruriyat yo‘q.

    Agar bunday hujjat zarur bo‘lmasa, unda nima uchun har kuni yuzlab, balki minglab abituriyentlar notariusda navbatda turishibdi? Yoki qabul komissiyasidagilar so‘rayotganmikan? Shu savollarga yechim topish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi va bir nechta qabul komissiyasidagilar bilan bog‘landim. Ularning barchasidan bir xil javob oldim. Ya’ni abituriyent diplomning notarial tasdiqlangan nusxasini topshirishi shart emas. Va qabul komissiyalari bunday ortiqcha hujjatni talab qilishmayapti. Bularning barchasi mish-mish.

    Qabul komissiyasidagilar haqiqatdan aksariyat abituriyentlar diplomlarining notarial tasdiqlangan nusxasini ham olib kelayotganligini, “bunday hujjat talab etilmaydi, nega olib keldingiz” degan savolga esa, “agar notarial tasdiqlangan nusxasi bo‘lmasa qabul komissiyasidagilar qaytarayotgan emish” degan gapni eshitib qolgani uchun tayyorlab kelishganini aytib berishdi. Notarius tanishim bilan qayta bog‘lanib vaziyatni tushuntirdim. “Kelganlardan so‘rab ko‘ring-chi, aynan qaysi oliygohlar rad qilayotgan ekan”, – deb so‘radim.

    Ma’lum bo‘lishicha, o‘z diplomini notarial tasdiqlatish uchun navbatda turgan abituriyentlarning deyarli hech qaysi biridan qabul komissiyasi bunday hujjat so‘ramagan. Shunchaki, kimlardandir eshitib qolgani uchun kelishibdi. Faqat 2 nafar abituriyent “tanishimni Pedagogika universiteti va Pediatriya tibbiyot institutida notarial tasdiqlangan nusxasi yo‘qligi uchun qaytarishibdi” degan gapni aytgan xolos.

    Biroq bu mish-mish ham o‘z tasdig‘ini topmadi. Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti vakillari bilan bog‘langanimda, qabul komissiyasi abituriyentlardan bunday hujjat talab qilishmayotganligini ma’lum qildi.

    Hurmatli abituriyentlar, hozir Siz uchun juda hayajonli daqiqalar ekanligini tushunamiz. Mana shunday har daqiqa g‘animat bo‘lgan paytda kimlarningdir mish-mishiga ko‘r-ko‘rona ishonib, tekshirmasdan o‘zingizni ortiqcha ovora qilmang. Notarius idoralaridan Sizga umuman keraksiz bo‘lgan hujjatni olish uchun ketkazgan vaqtingizni bilimlaringizni yanada mustahkamlash, takrorlashga sarflaganingiz ma’qul emasmi?
    Agar mabodo sizdan qaysidir oliygohning qabul komissiyasi noqonuniy ravishda diplomingizning notarial tasdiqlangan nusxasini talab qilsa, unda quyidagi telefonlarga murojaat qilib, bu haqida shikoyat qilishingiz mumkin:

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: 1006 yoki +998 (71) 246-01-95, 246-37-12

    Davlat test markazi: +998 (71) 235-19-14

    05.07.2017, 14:18   Izoh (0)   12058
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Mirzo Ulugbek Innovation Center faoliyati bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi

    05.07.2017, 13:33

    2017-yil 3-iyul kuni Toshkentda yuz bergan 3 ta YTH oqibatida 7 nafar shaxs jarohatlandi

    05.07.2017, 12:20

    O‘zbekiston 67,22 mlrd YaIM bilan dunyoda 71-o‘rinda qayd etildi

    05.07.2017, 11:28

    Nukusda Oliy sud raisining sayyor qabulida Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan fuqaro sud zalida qamoqdan ozod etildi

    05.07.2017, 10:31

    Fayzulla Sultonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

    05.07.2017, 10:16

    Toshkent Kichik halqa yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasidan “Bodomzor” chorrahasigacha bo‘lgan qismi ta’mirlanmoqda (foto)

    05.07.2017, 09:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40

    Xitoy va AQSH o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi

    Dunyo | 27 iyun, 20:25

    Urush suratlarini yoritgan, xalq dardini gapirgan va haqiqat uchun jon bergan jurnalistlar

    Dunyo | 27 iyun, 20:10

    Tramp Salvadorga adashib yuborilgan muhojirni qayta deportatsiya qiladi

    Dunyo | 27 iyun, 19:55

    Pokistonda yog‘gan kuchli yomg‘ir kamida 7 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 27 iyun, 19:40

    Qozon va Samarada ro‘y bergan migrantlar ishtirokidagi jinoyatlarga o‘zbeklar aralashmagani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.