2017-yilning 3-iyul kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
2017-yilning 3-iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2452 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 819 tasini qo‘pol turdagi, 30 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017-yil 3-iyul kuni jami 985 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 479 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 506 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Izoh (0)