Rossiyada birinchi prezidentlik limuzini yaratish hamda VIP amaldorlar uchun mashinalar qurish loyihasini moliyalashtirish davom ettirilmoqda. Bu haqda Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bayonot berdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Buni kim aytganini tushunmadim ham. Barcha ishlar reja bo‘yicha davom etmoqda”, — dedi u, jurnalistlarning loyihani moliyalashtirish to‘xtatilgani borasidagi savollarga javob berarkan.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2018-yilgi saylovda g‘alaba qozongan prezident qasamyodga keltirish marosimiga yangi limuzinda yetkaziladi.
“Unga qadar bizda barchasi tayyor bo‘ladi”, — ta’kidladi amaldor.
Izoh (0)