Dubay politsiyasi qarzdorlarga 50 foiz chegirma taklif etdi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Taklif avtomobilini ruxsat berilmagan joyda qoldirgani va yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortilgan haydovchilarga mo‘ljallangan. Biroq chegirma amirlikdagi yo‘l soliqlariga tegishli emas.
“Mazkur qaror ko‘plab haydovchilarga to‘planib qolgan jarimalardan qutilishga yordam beradi. Ularning aksariyati to‘lanmagan qarzlari borligi uchun ro‘yxatdan o‘tishni uzaytirmaydi. Endi jarimalarini to‘lashdan bo‘yin tovlashmaydi, degan umiddamiz”, — ta’kidladi Dubay politsiyasi yo‘l harakati departamenti direktori Saif Muxayr al-Mazruiy.
Chegirmalar joriy yildagi jarimalarga qamrab olmaydi. Ulardan istalgan transport vositalari egalari foydalanishi mumkin.
Izoh (0)