Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida “oltin avlod yoshlari”ni qayta tarbiyalash lageri tashkil etildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yirik biznesmenlar va amaldorlarning ishonchni yoqlamagan farzandlari issiq o‘lkalarga dam olishga ketish o‘rniga yoz kunlarini mana shu lagerda o‘tkazadi. Chinakam kazarma tartibida ishlaydigan lagerda ularni qayta tarbiyalash ishlari olib boriladi.
Ostona yaqinida boy oilalardan chiqqan qiyin tarbiyali o‘smirlar uchun baza ochilishi haqidagi gap-so‘zlar ko‘pdan beri poytaxtda tarqagan edi. Endilikda bu mishmishlar tasdiqlandi.
Yomon davralarga aralashib qolgan, ota-onasining oldida ayb ish qilib qo‘ygan badavlat oilalar farzandlari endi o‘sha yerda ko‘p vaqtini o‘tkazadi, deb yozmoqda mahalliy matbuot.
Izoh (0)