Odamlarning ishonchiga kirib olib, ularning pullari va tilla buyumlarini o‘zlashtirib kelgan er-xotin firibgarlar fosh etildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tergov chog‘ida aniqlanishicha, jinoyatchilar G‘azalkentdagi dala hovli shaklida meros borligi haqidagi aldovlar yordamida fuqarolarni aldab, ulardan rasmiylashtirish xarajatlarini olgan. Shu tariqa, ular Olmaliqda istiqomat qiluvchi to‘rt ayoldan 76,5 millin so‘m, 6700 dollar va 50,1 million so‘m qiymatdagi tilla buyumlarni olgan. Bu pullarni qalloblar o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy juftlikka nisbatan ish ochildi, tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)