Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hududida Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini bloklash haqidagi qarorni bekor qilish bo‘yicha to‘plangan petitsiyani rad etdi. Prezident saytida joylashtirilgan petitsiyani 25 ming kishi imzolagan edi, deb xabar beradi Meduza.
Petitsiyaga javoban Poroshenko “VKontakte” hamda Rossiyaning boshqa bloklangan servislari Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan propaganda hamda Ukraina va uning fuqarolariga qarshi maxsus axborot operatsiyalari o‘tkazish uchun ishlatilishini ta’kidlab o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlardan g‘araz maqsadlarda foydalanishga misol sifatida davlat rahbari Lvov viloyatidagi “soxta” norozilik chiqishlarini, shuningdek, ayrim rossiyaliklar soxta akkauntlar yordamida Ukrainada tartibsizliklar keltirib chiqarishga urinishini keltirib o‘tdi.
Izoh (0)