AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida foydalana olishi uchun ma’muriyatiga qaysi masalalar bo‘yicha Rossiyaga yon berish mumkinligini o‘rganishni topshirdi. Bu haqda, The Guardian manbalariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Ikki davlat rahbarlarining birinchi uchrashuvi iyul oyining boshida Germaniyada, G20 sammiti doirasida o‘tkaziladi.
Gazetaga ikki sobiq amaldorning ma’lum qilishicha, Putinning “ko‘nglini yumshatish” uchun AQShdagi Rossiya elchilik dala hovlilarining qaytarilishi bo‘lishi mumkin. Ular 2016-yil dekabridagi choralar doirasida tortib olingan edi.
Aniqlanishicha, Davlat departamenti xodimlari va Milliy xavfsizlik kengashi a’zolari Rossiyaga bir tomonlama yon berishga qarshi chiqmoqda.
Izoh (0)