Konfederatsiyalar kubogida bugun — 29-iyun kuni ikkinchi finalchi nomi aniq bo‘ladi. Penaltilar seriyasiga ko‘ra Portugaliya ustidan 3:0 hisobida zafar quchgan Chili termasi hal qiluvchi o‘yinda raqibini kutib turibdi.
Toshkent vaqti bilan 23:00 da Sochidagi stadionga Germaniya va Meksika termalari chiqib keladi. Nemislar mundialning amaldagi chempioni hisoblansa, meksikaliklar turnirga KONKAKAF yetakchisi sifatida yetib kelgandi.
Har ikki jamoa guruh bosqichini 7 ochko bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Ioxim Lyov boshchilik qiladigan nemislar Chili bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Avstarliyani 3:2, Kamerunni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Meksikalik futbolchilar esa Portugaliya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Yangi Zelandiya va Rossiya termalarini bir xilda — 2:1 hisobida taslim qilgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiya mezbonligida o‘tayotgan Konfederatsiyalar kubogining final o‘yini 2-iyul kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Shu kuni 3-o‘rin egasi Moskvadagi o‘yin orqali aniqlanadi.
Izoh (0)