Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qilib olgan Shota Arveladze jamoa uchun sakkizinchi xorijlik ustozga aylandi. Bunga qadar “Paxtakor”ni gruziyalik murabbiy boshqarmagandi.
“Paxtakor” saytining xabar berishicha, “Paxtakor”da bunga qadar xorijdan tashrif buyurgan yetti nafar mutaxassis ish olib borgan. Bular: Xans Ferel (Gollandiya), Vega da Silva (Braziliya), Sergey Butenko (Rossiya), Tachmurod Agamurodov (Turkmaniston), Valeriy Nepomnyashiy (Rossiya), Miodrag Radulovich (Chernogoriya) va Deyan Jurjevich (Serbiya).
Bular orasidan to‘rt nafari turli yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham faoliyat olib borgan: Vega da Silva, Tachmurod Agamurodov, Valeriy Nepomnyashiy va Deyan Jurjevich. So‘nggi mutaxassis hozir ham bosh jamoada Samvel Babayanga yordam beradi.
Izoh (0)