O‘zbekistonda yuridik shaxslar besh va undan ortiq mobil raqamlarga ehtiyojni yozma ravishda asoslab berishi majburiy qilib belgilanishi mumkin. Bu Mobil xizmatlar ko‘rsatish tartibining qonunchilik aktlarini baholash tizimida joylashtirilgan yangi tahririda ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Uz24.
Shuningdek, yangi tahrirga muvofiq, bir operatordan besh va undan ortiq raqam olgan jismoniy shaxs bilan shartnoma faqat operatorning xizmat ko‘rsatish punktlarida tuziladi. Agar jismoniy shaxs xizmat ko‘rsatish punktiga kela olmasa, shartnoma uning yashash joyiga borgan holda tuzilishi mumkin.
Shartnoma tuzilishi uchun jismoniy shaxsning o‘zi bo‘lishi, pasportini olib kelishi yoki uning vakili ishonchnoma bilan bo‘lishi talab etiladi.
Izoh (0)