Rossiya—2018 mundiali chiptasini deyarli hal deb hisoblayotgan Angliya va Germaniya terma jamoalari mundial haqida bosh qotirishni boshlagan. Vaholanki ular rasman JCh—2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritganicha yo‘q.
Mundial bo‘lib o‘tadigan mamlakat va undagi sharoitlarni ko‘zdan kechirish uchun Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt hamda uning yordamchisi Stiv Xolland Moskvaga tashrif buyurishga ulgurdi. Ingliz nashrlarining qayd etishicha, Rossiya poytaxtidagi manzara ularga ma’qul kelmagan. Shahardagi tirbandlik ularni jiddiy o‘ylantirgani sabab, Angliya terma jamoasi Moskvadan qo‘nim topmasligi kerak deb hisoblashni boshlagan.
Shuningdek, Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi vakillari ham shunday fikrda. Ioxim Lyov va uning delegatsiyasiga Sochidagi manzara va iqlim juda mos kelgan. Moskva esa nemislar rejasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)