Isroil armiyasi artilleriyasi Suriyaning al-Qunaytra viloyatida hukumat tomonida turib urushayotgan ko‘ngilli guruhlar marralarini o‘qqa tutdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, zarba Mafrazat al-Jisra tumanida “Julan” batalyoni marralariga yo‘naltirilgan. Ikki ko‘ngilli halok bo‘lgan, uch nafari yaralangan.
Bunga qadar 25-iyun kuni ko‘ngillilar ushbu hududlarni “Jabhat an-Nusra” guruhi terrorchilaridan tozalagan edi.
Izoh (0)